Ana bo'lmasa! Musobaqa fojea bilan yakun topdi

0

AQShning Massachusetes shtatining Boston shahrida hot-dogni tez yeyish musobaqasida qatnashgan talaba Madelein Nikpon vafot etdi. Bu haqda «The Journla News» xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 20 yoshli Tufts universiteti talabasi ko'krak bezi saratoni bilan kurashish uchun tashkil etilgan xayriya musobaqasida vafot etdi. U hot-dog yeyish tanlovida ishtirok etgan va tiqlib qolish oqibatida hayotdan ko'z yumgan.

 

Shifokorlar kelishidan oldin Madelinega birinchi yordam ko'rsatildi, lekin u hushiga kelmay kasalxonada vafot etdi.

 

O'limga asfiksiya sabab bo'lgan deb hisoblanmoqda.

 

Qiz jamoat ishlarida faol bo'lgan hamda yaxshi o'qigan. Bir necha ming talaba va ta'lim muassasasi xodimlari Madeline xotirasini yod etish uchun yig'ildi.

loading...