Belgiyada koronavirusning to'rtinchi to'lqini boshlandi

0

Belgiya sog'liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusning to'rtinchi to'lqini boshlanganini ma'lum qildi. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, yaqin vaqt ichida mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari keskin o'sishi kutilmoqda.

«Raqamlar unchalik yaxshimas. Biz to'rtinchi to'lqinda turibmiz. Yaqin kunlarda raqamlar keskin o'sishini ko'ramiz. To'rtinchi to'lqin bilan kurashishga tayyor bo'lishimiz kerak», – dedi sog'liqni saqlash vaziri Frank Vandenbruk.

Uning so'zlariga ko'ra, tibbiyot xodimlarini majburiy emlash masalasi hali ham hukumat kun tartibida turibdi.

Shuningdek, Vandenbruk COVID-ruxsatnomalardan foydalanishni kengaytirish, jamoat joylarida majburiy niqob taqishni qaytarish va masofadan ishlashni majburiy qilishga chaqirdi.

Belgiyada koronavirus yuqtirganlar soni 1 mln 300 mingga yaqinlashgan, 25,8 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

vesti.ru

 

loading...