Bitkoin o'zining tarixiy maksimumini yangiladi

0

Bitkoin narxi 66000 AQSh dollariga yetib, o'zining tarixiy maksimumini yangiladi.

Bitkoin kursi chorshanba kuni birinchi «Bitkoin ETF» ni ishga tushirilishi munosabati bilan savdoda yana bir rekordga erishdi.

Narxlar bahor faslida oshgandan so'ng yoz oylarida tushib ketgandi. Kuzda Bitkoin yana o'sishda davom etmoqda.

Kriptovalyuta kompaniyalari 2013- yildan buyon AQShning qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasidan «Bitkoin ETF» larini yaratish uchun bir necha bor roziligini olishga urinishgan, biroq regulyator har doim ularning arizalarini rad etib kelgan va regulyator ProShares ilovasini nihoyat ma'qullagani katta o'zgarishdir. Bunday ETFning ishga tushirilishi kriptovalyutalarning qonuniyligini oshiradi va institutsional investorlarning ushbu bozorga sarmoya kiritishini osonlashtiradi.

Shuningdek «Bu kriptovalyuta bozorini normallashtirishning boshlanishi», – dedi Entoni Denier, Vebull aksiyadorlik va kriptovalyuta savdo platformasi bosh direktori.

RIA Novosti

loading...