Bulung'urda tuman elektroseti yonib ketdi

0

21-oktyabr kuni soat 17:16 da Samarqand viloyati Bulung'ur tumani “Istiqlol” MFY Oqtepa ko'chasida joylashgan podstansiyadagi BT-3 linyani o'chirib qo'yish yachaykasi tepasidagi izolyatorga yomg'ir yog'ishi natijasida suv tegib, qisqa tutashuv sodir bo'lganligi va izolyator sinib tushganligi to'g'risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko'ra, 1 ta yong'in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:20 da yetib borganda hech qanday yong'in alomatlari borligi aniqlanmagan.

Hodisa oqibatida halok bo'lgan va jabrlanganlar yo'q.

Hozirda hududiy ekektr tarmoqlari korxonasi xodimlari nosozlik sababini aniqlab, bartaraf etish choralarini ko'rmoqda.

loading...