Harbiylashtirilgan ta'lim muassasalari to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

0

Hukumat qarori bilan Oliy harbiylashtirilgan ta'lim muassasalari to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko'ra, oliy harbiylashtirilgan ta'lim muassasalari quyidagilar:

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi;

Davlat bojxona qo'mitasining Bojxona instituti.

Mazkur ta'lim muassasalarida bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.

Bakalavriat ta'lim yo'nalishida o'qitish kunduzgi, masofaviy va sirtqi (maxsus sirtqi) ta'lim shakllarida amalga oshiriladi.

Kunduzgi ta'lim shaklida o'qish kamida 3 yil davom etadi.

Bakalavriatda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (masofaviy), sirtqi ta'lim davomiyligi oliy ma'lumotga ega bo'lmagan xodimlar uchun kamida 4 yil, oliy ma'lumotga egalar uchun 3 yil etib belgilanadi.

Kursantlar 1-bosqich ta'lim muddati yakunlanganidan so'ng muddatli harbiy xizmatni o'tagan hisoblanadi va ularga harbiy guvohnoma beriladi.

Magistratura mutaxassisliklarida o'qitish kunduzgi yoki masofaviy ta'lim shakllarida amalga oshirilib, o'qish davomiyligi kamida 1 yilni tashkil etadi.

Shuningdek, ta'lim muassasalari boshqaruv sohasiga mutaxassis kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun 2 bosqichli (ikki yillik) magistraturani tashkil etishi mumkin. Bunda bitiruvchilarga ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyati beriladi.

Ta'lim muassasalari bitiruvchilariga diplom bilan birga vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi ko'krak nishoni beriladi.

darakchi.uz

loading...