Maishiy tozalash vositalari homilador ayol uchun xavfli(mi)?

0

Olimlar so'nggi tadqiqotlar natijasida maishiy tozalash vositalaridan foydalanish kelgusi avlod salomatligiga xavf solishi mumkinligini aniqladilar. Ular tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, homiladorlik davrida tozalovchi va dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalangan ayollarning aksariyatida bolalar astma kasalligi bilan dunyoga kelgan.

Olimlar tadqiqot davomida 3318 ta ona va bolaga tegishli ma'lumotlarni o'rganib chiqishgan. Natijalarga ko'ra, tozalovchi va dezinfeksiyalovchi vositalardan homilador bo'lishdan oldin foydalana boshlagan ayollarda bolaning astma bilan tug'ilishi xavfi 71% ga oshgan.

Mutaxassislar dezinfeksiyalovchi va tozalovchi vositalar ona organizmidagi o'zgarishlarga sabab bo'lishi, jiddiy kasalliklar xavfini keltirib chiqarishi mumkinligini ma'lum qilganlar.

loading...