Omborxonasida giyohvand modda saqlab kelayotgan shaxs qo'lga olindi

0

13-oktyabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Nurafshon” MFY hududida yashovchi T.S.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, omborxonasida kelgusida o'tkazish maqsadini ko'zlamay qonunga xilof ravishda giyohvandlik moddasiga o'xshash moddani saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Qo'shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste'mol qilish sog'lig'ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

loading...