Ombudsman nogironligi bo'lgan shaxslarga saylov uchastkalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

0

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90 va 117 moddalari va O'zbekiston Respublikasining Saylov kodeksida O'zbekiston Respublikasining barcha fuqarolarining, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning huquq va erkinliklar tengligi kafolatlangan.

 

Shundan kelib chiqib, kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili hamda O'zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi vakillari Toshkent shahar, Mirobod va Yakkasaroy tumanidagi qator saylov uchastkalarida bo'lib, u yerdagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar holatini o'rganishdi. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati «Darakchi»ga ma'lum qildi

 

O'rganishlar davomida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun o'z siyosiy huquqlarini to'lakonli amalga oshirish uchun yetarlicha sharoitlar yaratilgani, jumladan ularga alohida kabinalar ajratilgani, kirish va chiqish joylarida panduslar joylashtirilgani, ko'rish imkoniyati cheklanganlar uchun brayl alifbosidagi byulleten trafareti bilan ta'minlangani va saylov uchastkalariga surdo tarjimonlar jalb qilingani aniqlangan.

loading...