Ozod Shukrulloyev konsert beradi

0

Bundan oldin 10 oktabr kuni Rossiyada konsert dasturini o'tkazgan edi.

Aktyor, so'z ustasi Ozod Shukrulloyev o'zining Instagram sahifasida noyabr oyida yangi konsert dasturi bo'lib o'tishini e'lon qildi.

U 6 noyabr kuni konsert berishini ma'lum qildi. Aktyor konsertning «Turkiston» san'at saroyida bo'lib o'tishini aytdi. Eslatib o'tamiz, Ozod Shukrulloyev Mirshakar Fayzulloyev va Islom Karimov bilan birgalikda 10 oktabr kuni Rossiyada konsert dasturi o'tkazgan edi.

«Hammaga ajoyib yangilik bor. 6 noyabr kuni Turkiston San'at saroyida konsert», — deya yozib qoldirdi Ozod Shukrulloyev.

Shuningdek, oldinroq Rayhon, «Aristokratlar» va  «Bravo» jamoalarinig yangi konsert dasturi qachon o'tkazilishi ma'lum qilingan. Shuningdek, Davron Qabulov «Million» jamoasining konserti e'lon qilinmayotganining sababini aytgandi va Alisher Fayzning yangi konsert dasturi boshqa sanaga ko'chirilgani haqida xabar berilgandi.

loading...