«Qamchiq»da hamon qor yog'moqda. YHXBB ogohlantirish bilan chiqdi

0

«Qamchiq» dovonidan o'tgan avtomobil yo'lining 221-246 kilometrlari oralig'ida vaqti-vaqti bilan maydalab qor yog'moqda, deya xabar bermoqda IIV YHXBB Axborot xizmati.

 

Ma'lum qilinishicha, yo'llar ochiq, muzlamalar mavjud emas. Lekin asfalt nam bo'lganligi bois sirpanchiqlik mavjud.

 

«Barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni me'yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so'raymiz», – deyiladi xabarda.

 

Eslatib o'tamiz, sal avval «Qamchiq» dovonida yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo'lgani xabar qilingan edi.

loading...