Rossiya transport vaziri samolyotda koronavirus yuqtirish ehtimoli mutlaqo yo'qligini aytdi

0

Rossiya transport vaziri Vitaliy Savelyev samolyotda parvoz qilganda koronavirus yuqtirish ehtimoli nolga tengligini aytdi.

«Samolyotda kasallanish mumkin emas. Samolyot yuqori sifatda havo tozalaydigan HEPA-filtrlardan foydalanadi, tozalash koeffitsienti 99,97 foizni tashkil etadi, bu jarrohlik xonasidagidan ham tozaroq», — dedi Savelyev.

Savelyevning aytishicha, IKAOning o'tgan yil avgustdagi statistikasiga ko'ra, 27 million nafar yo'lovchidan atigi bir nafari kasal bo'lgan.

Uning so'zlariga ko'ra, samolyot havoni kompressordan oladi, so'ngra uni filtrdan o'tkazadi. Shu tarzda havo har uch daqiqada yangilanadi.

loading...