O'g'ri do'konni o'marayotgan vaqtda ushlandi

0

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi do'konlarning birida o'g'ri voqea joyida ushlandi.

Ma'lum bo'lishicha, 19 oktyabr kuni soat 03:22 larda huquq tartibot organlariga tashvishli xabar kelib tushgan. Xodimlar voqea joyiga yetib borganda o'g'ri do'konni talon-taroj qilayotgan bo'lgan.

Ushbu ishni angrenlik 29 yoshli yigit sodir etgani aniqlangan. Ayni vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

loading...