O'zbekistonda “Kia”, “Renault” va “LADA” qanday ishlab chiqarilmoqda

0

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “ADM Jizzakh” zavodidagi ish jarayonini ko'zdan kechirdi.

Zavod multibrendli bo'lib, bu yerda “KIA”, “Renault” va “Lada” rusumidagi 10 xil yengil avtomobil yig'ilmoqda. Bugungi kungacha ichki bozorga 2 mingdan ziyod avtomobillar yetkazib berilgan.

Prezidentga loyihaning ikkinchi bosqichi haqida ma'lumot berildi.

216 million dollarlik mazkur loyiha doirasida kichik uzelli ishlab chiqarish o'zlashtiriladi. Ya'ni, 314 turdagi butlovchi qismlarni yasash, payvandlash, bo'yash va yig'ish yo'lga qo'yiladi. Uni 2023 yilning birinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan. Buning natijasida zavod quvvati yiliga 100 ming donaga chiqadi.

❗️Mirziyoyev mahalliylashtirish darajasini oshirib, avtomobillar narxini arzonlashtirish, xaridorlarga tanlov imkoniyatini kengaytirish yuzasidan ko'rsatmalar berdi.

@Sputnikuzbek

loading...