Yulduz Usmonova o'z biznesini boshladi

0

Xonanda Yulduz Usmonova o'z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga qaror qildi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

Ma'lum bo'lishicha, Usmonova turmush o'rtog'i Mansur Agaliyev bilan xususiy klinika ochgan. Klinika Mymed clinic nomi ostida ochildi va faoliyatini poytaxtda olib boradi.

Hozirda tibbiyot muassasasida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayonning ketishini shaxsan xonandaning o'zi nazorat qilmoqda. Ta'kidlash joiz, Usmonova xususiy klinika ochgani haqidagi xabarlar shu yil iyul oyida tarqalgan edi. Eslatib o'tamiz, avvalroq Usmonovaning oilasi tikuv sexi ochgan edi. U yerda bolalar uchun kiyim tikiladi.

loading...