82 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulot import bojidan ozod qilindi

0

Hujjat bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar import bojxona boji «nol» stavkada qo'llaniladigan ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar ro'yxati tasdiqlandi.

U 82 ta tovarga tatbiq etiladi, ular jumlasida:

kastor yog'i va uning fraksiyalari;
asbest;
natriy gidroksidi (kaustik soda) qattiq shaklda;
karbidlar, kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq;
o'simlik yoki chorvadan olinadigan bo'yovchi moddalar;
keramik mahsulotlar, emal yoki oyna ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan shishasimon emallar va glazurlar va shunga o'xshash preparatlar;
to'qimachilik bo'yog'i;
sirti faol organik moddalar (sovundan tashqari); sirti faol vositalar, yuvish vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun mavjud yoki mavjud bo'lmagan tozalash vositalari;
moylash materiallari hamda to'qimachilik matolari, charm, mo'yna yoki boshqa materiallarga yog' va moy bilan ishlov berish uchun foydalaniladigan vositalar;
sun'iy mum;
tayyor yelimlar va boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan boshqa tayyor adgezivlar;
fermentlar, fermentli preparatlar;
to'qimachilik tarmog'ida qo'llaniladigan pardozlash vositalari, bo'yashni tezlashtirish yoki bo'yoqlarni mustahkamlash vositalari va boshqa mahsulotlar hamda tayyor preparatlar;
sun'iy mo'yna;
elimlangan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yog'ochdan shunga o'xshash materiallar;
filtr qog'oz va karton;
apparatda yigirilgan jun kalava ipidan yoki apparatda yigirilgan jonivorlarning ingichka sochidan tayyorlangan gazlamalar;
zig'irpoya tolasidan to'qilgan gazlamalar;
kompleks sintetik va sun'iy iplardan to'qilgan gazlamalar;
kimyoviy iplardan va boshqa to'qimachilik materiallaridan to'qilgan to'rlar.
Hujjat qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 22.10.2021 yildan kuchga kirdi.

loading...