Erdo'g'an 10 mamlakat elchilarini Turkiyadan chiqarib yuborishni buyurdi

0

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an mamlakat tashqi ishlar vazirligiga AQSh, Kanada, Fransiya, Finlandiya, Daniya, Germaniya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya va Shvetsiya elchilarini persona non grata deb e'lon qilish topshirig'ini berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Men vazirimizga bu 10 nafar elchi persona non grata deb e'lon qilinishi uchun zudlik bilan chora ko'rishni buyurdim”, — degan Erdo'g'an.

Bunga diplomatlarning huquq himoyachisi Usmon Kavalani ozod qilish to'g'risidagi chaqiriqlari sabab bo'ldi.

Shundan so'ng ular Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgandi.

Turkiyalik tadbirkor, huquq himoyachisi va mesenat Usmon Kavala 2017 yilda hibsga olingan. U 2013 yilda Gezi parkidagi daraxtlarni kesishda ayblangan. U bu ish bo'yicha oqlangan, ammo keyinroq 2016 yildagi davlat to'ntarishiga urinishda ishtirok etganlikda ayblangan.

loading...