Nahorgi osh – foyda va zararlari

0

Ertalabki nonushta muhim!

Agar siz nonushta qilmasangiz, ovqat hazm qilish tizimida quyidagi noqulayliklar paydo bo'ladi:
1. Oshqozon o'z-o'zini zararlay boshlaydi
2. O't suyuqligi ichaklarga tushmay, o't qopida dimiqish paydo bo'ladi
3. O't suyuqligi ichakka tushmaganligi sabali ichaklar ishlamaydi (peristaltika uchun o't suyuqligi kerak). Bu esa, qorin dam bo'lishi, qabziyat, disbakteriozga olib keladi.

Osh tayyorlashda 3 ta bosqich bor, qovurish, qaynatish va dimlash. Shu sababdan oshni parhez taomlar qatoriga kiritish mumkin. Albatta bu oshpazni oshni qanday tayyorlash jarayoniga bog'liq.
Har bir taomni me'yorida iste'mol qilish sog'liq uchun foyda. Eng shifobaxsh mahsulot yoki taom bo'lmasin, me'yoridan ortig'i sog'liq uchun zararli hisoblanadi.

Qachon zararli?
-Agar sizda ertalab ishtaha bo'lmasa, demak hali organizm to'liq uyg'onmagan, bunday vaqtda yeyish tavsiya qilinmaydi.
-Me'yoridan ortiq yeyish. To'qlik hissini sezmasizdan taomlanishdan to'xtang!
-Seryog'lik qilib yeyish.

loading...