Pokistondagi zavodda yirik portlash sodir bo'ldi

0

21 oktyabr kuni Pokistonning Panjob viloyati Lahor shahridagi ichimliklar zavodida yirik portlash sodir bo'ldi. Portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo'lgan, bir kishi yaralangan.

Qayd etilishicha, yong'in qozonxonalardan birining portlashidan kelib chiqqan va korxona binosini qamrab olgan. Yong'inni o'chirish uchun voqea joyiga 7 ta o't o'chirish guruhi jalb etilgan. Yong'in atrofdagi binolarga ham zarar yetkazgan.

Ta'kidlanishicha, o'lganlar orasida zavod ishchilaridan biri ham bo'lgan. Zavod qo'riqchisi kuyish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

TASS

loading...