Qashqadaryoda mehmonga kelgan shaxs uy egasining mashinasini o'g'irlab ketdi

0

Qashqadaryo viloyat IIB xabariga ko'ra, 2021 yilning 17 oktyabrdan 18 oktyabr kuniga o'tar kechasi Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Buston” MFYda yashovchi X.K. 102 xizmatiga murojaat qilgan.

Ma'lum qilinishicha, “O'zbekiston” MFYda yashovchi J.D. yashash uyiga mehmonga kelib, yotib qolib, tunda hamma uxlab yotganidan foydalanib, “Neksiya” rusumli 70 A 124 QA davlat raqam belgili avtomashinasini va bir dona bahosi 500 ming so'mlik telefon apparatini yashirin ravishda olib qochib ketganligini bildirgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida “Neksiya” rusumli 70 A 124 QA davlat raqam belgili avtomashina shu kuni soat 11:30 larda tumanning Ayridevol MFYdan texnik soz holda topilgan.

Holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...