Qirg'iziston Afg'onistondagi etnik qirg'izlarni vatanlariga ko'chirib olib kelishni rejalashtirmoqda

0

Qirg'iziston hukumati Afg'oniston hududida yashovchi etnik qirg'izlarni vatanlariga ko'chirib olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov ma'lum qildi.

“Vaqti kelib Afg'onistondagi barcha qirg'izlarini vatanlariga ko'chirib olib kelamiz”, — dedi u.

Japarovning so'zlariga ko'ra, buning uchun respublika hududida ularga uylar quriladi.

“Tez orada uylarni tayyorlash boshlanadi va Afg'onistondan barcha etnik qirg'izlarni ko'chirib kela olamiz”, — dedi u.

Turli ma'lumotlarga ko'ra, hozirda Afg'oniston hududida 3 mingdan 4 ming nafargacha etnik qirg'izlar yashaydi. Sentyabrda ularga Bishkekdan gumanitar yordam jo'natilgandi.

loading...