Samarqandda «KIA», «Nexia-3» va «Cobalt» to'qnashdi

0

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Samarqand shahrida sodir bo'lgan YTH yuzasidan ma'lumot berildi.

Xabarga ko'ra, 17 oktyabr kuni soat 12:25 larda Samarqand shahar, Mirzo Ulug'bek ko'chasida haydovchi, 1996 yilda tug'ilgan N.M. «KIA» rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo'qotgan va ushbu ko'chada yo'lning o'ng tomonida to'xtab turgan «Nexia-3» rusumli avtomobilning orqa tomoniga urilgan. Zarb oqibatida «Nexia-3» avtomobili undan oldinda to'xtab turgan «Cobalt» rusumli avtomobilning orqa tomoniga to'qnashgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo'q. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.

Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, tegishli hujjatlar to'plangan va o'rganib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo'yicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan.

loading...