Samarqandda qarzdor ona aliment uchun farzandlariga 117 million so'm to'ladi

0

Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo'yicha Ishtixon tumanlararo sudining 2021 yil 12 oktyabrdagi qaroriga asosan qarzdor E.N.dan undiruvchi M.N.ga ikki nafar farzandining ta'minoti uchun daromadning uchdan bir qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan MIB Narpay tuman bo'limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so'rovnomalar yuborilgan. Olingan ma'lumotlarga asosan qarzdorning barcha mol-mulklariga taqiq qo'yilgan.

Muqim daromadi bo'lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo'llab-quvvatlash kerakligi inobatga olinib, MIB xodimlari qarzdor E.N. bilan suhbat o'tkazgan. Unga farzandlarini moddiy qo'llab-quvvatlash har bir insonning burchi ekani tushuntirilgan.

Bunday maslahat va suhbatdan o'ziga to'g'ri xulosa chiqargan qarzdor ona 117 million 730 ming so'm aliment pullarini to'lab bergan.

loading...