Liviyada pul olib ketayotgan vertolyot stadionga quladi

0

Liviya poytaxti Tripolidan 80 km uzoqlikda joylashgan Tarxuna shahridagi futbol stadioniga xususiy vertolyot qulab tushdi. Vertolyot shaharga pul yetkazishi kerak bo'lgan.

“218” telekanalining xabar berishicha, stadion vertolyotlar uchun uchish-qo'nish maydonchasi sifatida qo'llangan. Vertolyot ekipaji a'zolari omon qolgan. Ular gospitallardan biriga zaruriy tibbiy yordam ko'rsatish uchun yetkazilgan.

Hozircha voqeaning tafsilotlari va sabablari ma'lum qilinmayapti.

gazeta.ru

loading...