Assanjni yo'q qilish fitnalarini qaylig'i qattiq tanqid qildi

0

AQShni fosh qilgan Wikileaks asoschisi Julian Assanjni go'yoki Ekvadorning Londondagi elchixonasidan o'g'irlab, yo'q qilishni 2017 yilda AQSh reja qilganligi sabab, Britaniya Oliy sudi ekstraditsiyaga rozi bo'lishiga o'rin yo'q. Bu haqda RIA Novosti Assanjning qaylig'i Stella Moris so'zlariga tayangan holda xabar berdi.
“Markaziy razvedka byurosi (MRB) Mashhur fosh etuvchi Assanjni elichoxonada yo'q qilishni reja qilganidan so'ng, Buyuk Britaniya uning ekstraditsiya qilinishiga rozilik berishi imkonsiz narsadir”, – dedi Stella Moris.
Moris shanba kuni London markazida joylashgan Bi-bi-si shtab kvartirasi bo'ylab to Oliy sudga qadar yuzlab yig'ilgan odamlarning harakat qilgan oqimiga qo'shildi. U yerda keyingi hafta Buyuk Britaniya okrugining sudyasi Assanjni sog'lig'i yomonlashgani tufayli bermaslik bo'yicha chiqargan qarori ustidan AQSh Adliya vazirligi yuborgan apelyatsiya shikoyati ko'rib chiqiladi.

WikiLeaks muharriri, shuningdek, bir nechta britaniya qonun chiqaruvchilari “Assanjni bermaslik” bo'yicha maxsus bannerlar bilan yurishlarda ishtirok etgan Kristinn Xrafnsson ham o'tgan oyda Yahoo platformasida qilingan yangi foshlar Oliy sud sudyalari uchun ekstraditsiya qilishni rad qilishi uchun muhim rol o'ynashini ta'kidlagan.
“Men umid bildiramanki, Assanjni bermaslik bo'yicha sud to'g'ri qaror qabul qiladi, bu yagona hayotiy yechimdir, aks holda bu butun boshli jurnalistika uchun halokat bo'lib xizmat qiladi” – dedi muharrir.
Iyul oyining boshlarida London Oliy sudi AQShga Assanjni ekstraditsiya qilish bo'yicha chiqargan britaniya sudining qarori ustidan shikoyat qilishi mumkinligini ma'lum qilgan.
London sudi AQSh apellyatsiyasini 27-28 oktyabrda ko'rib chiqadi.
OAVlari sal avvalroq AQSh amaldorlari va MRB rahbariyati WikiLeaks asoschisi Djulian Assanjni 2017 yilda Ekvadorning Londondagi elchixonasida panoh topib yurgan paytlarida gumdon qilish haqidagi rejalar xabar qilingan edi. Unga ko'ra, Assanjni elchixonadan pinhona o'g'irlash yoki yashirincha qochishga harakatlar qilganda, uni qo'lga olish rejalashtirilgan.
Shvetsiya huquq tartibot organlari tomonidan 2010 yilda Assanj ustidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Bir necha yildan beri Londondagi Ekvador elchixonasida, siyosiy boshpana berilgan shaxs sifatida yashab kelayotgan edi.
Ammo 2019 yil 11 aprel kuni Ekvadorning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida poytaxt politsiyasi xodimlari tomonidan hibsga olingan. O'tgan davrdan beri Assanj Belmarsh nomli qattiq tartibli qamoqxonada ushanib turilibdi. Eskstraditsiya bo'yicha eshitishlar 2019 yil 2 mayda boshlanib, hozirga qadar davom etib kelmoqda. Unga nisbatan josuslik va mahfiy ma'lumotlarni fosh qilish bo'yicha 17 ta qonun buzilishlarida ayblovlar e'lon qilingan.
Agar u AQShga ekstraditsiya qilinsa, Assanjni 175 yillik qamoq jazosiga mahkum etilishi kutilmoqda.

ria.ru

loading...