Maskning boyligi 250 milliard dollardan oshdi

0

Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Maskning boyligi miqdori 250 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Bloomberg Billionaires Index ma'lumot bermoqda.

Bir sutka davomida uning boyligi 3,9 milliard dollarga oshib, 252 milliard dollarga etdi.

Maskning boyligi Tesla aksiyalari qimmatlashi fonida ko'paymoqda. Aksiya narxi 960 dollarga yetdi, Tesla kapitalizatsiyasi 900 milliard dollardan oshdi.

Bir oy avval uning boyligi 200 milliard dollardan ortiqroq edi.

Morgan Stanley tahlilchilarning fikricha, Mask dunyodagi birinchi trillioner bo'lishi mumkin.

loading...