Talabalarning 3 haftalik ta'tilga chiqishi rostmi?

0

Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar 25 oktyabrdan 3 haftalik ta'tilga chiqishi haqidagi xabarlar tarqaldi.

 

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining ma'lum qilishicha, ushbu ma'lumot yolg'on va hech qanday asosga ega emas. Vazirlik internet foydalanuvchilaridan fake (yolg'on, asossiz) xabarlarga ishonmaslikni so'ramoqda.

 

«Hurmatli fuqarolar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, yolg'on xabar tarqatish O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-6 moddasiga («Yolg'on axborot tarqatish») ko'ra javobgarlikka sabab bo'lishidan ogohlantiramiz»,- deyiladi xabarda.

loading...