Angela Merkel lavozimini rasman tark etdi

0

Angela Merkelga Germaniya kansleri sifatidagi vakolat muddati tugagani haqidagi noma topshirildi.
“RIA Novosti” bu haqda xabar bermoqda.

Merkelga hujjatni Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer topshirgan.

Merkel o'z lavozimini rasman tark etdi va endi yangi kansler tayinlangunicha kansler vazifasini bajaruvchi bo'lib turadi.

Sotsial-demokratik partiya yetakchisi Olaf Shols yangi kansler bo'lishi kutilmoqda.

Uning partiyasi 26 sentyabrdagi saylovlarda 25,7 foiz ovoz bilan g'olib bo'lgandi. Shols yangi yilning ilk oyida koalitsiya tuzishni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda, amaldagi yangi koalitsiya tuzilganicha Merkelda kansler vazifasini bajarib turadi.