Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi maxsus botni ishga tushirdi

0

Vazirlik tizimda ishlayotgan yoki tahsil olayotgan talaba qizlar, ayol xodimlardan ularga nisbatan biron-bir ko'rinishda tegajog'lik, tazyiq yoki zo'ravonlik sodir etilgan bo'lsa, yoxud ana shunday nojo'ya xatti- harakatlar tahdidi ostida bo'lsa yoki guvohi bo'lgan bo'lsa, hech ikkilanmay 1006 ishonch telefoniga yoki @himoya_otv_bot ga murojaat qilishni so'ramoqda.

Murojaatchining shaxsi va shaxsiy ma'lumotlari sir saqlanishi kafolatlanishi va'da qilinmoqda.

“Sizga zarur bo'lgan barcha yordam ko'rsatiladi, nojo'ya xatti-harakatlarga yo'l qo'ymaslik, sodir etilgan har bir holat bo'yicha qat'iy choralar ko'rilishi ta'minlanadi”, – deyilgan xabarda.

 

loading...