Misrdagi mehmonxonada zaharlangan rossiyaliklar soni 40 kishiga yetdi

0

Qizil dengiz bo'yidagi Xurgada kurort shahridagi to'rt yulduzli mehmonxonada zaharlangan rossiyaliklar soni 40 kishiga yetdi. Prokuratura buyrug'i bilan mehmonxona sanitariya xavfsizligi me'yorlarini buzgani uchun noma'lum muddatga yopildi, barcha sayyohlar boshqa mehmonxonalarga joylashtirildi, deb xabar berdi yakshanba kuni Misr turizm palatalari federatsiyasi.

«Hozirga qadar shifoxonaga murojaat qilgan 40 kishidan to'rt nafari kasalxonadan chiqqan, 36 nafari davolanmoqda», — degan TASS agentligi suhbatdoshi va barcha bemorlarning ahvoli qoniqarli, barqaror, hayotiga xavf yo'qligini ta'kidlagan. Shifokorlar ularni dushanba kuniyoq chiqarib yuborishlari mumkin.

Rossiyaning Xurgadadagi bosh konsuli Viktor Voropayev yakshanba kuni mahalliy sanitariya idoralari mehmonlari zaharlanish tufayli kasalxonaga yotqizilgan Xurgada shahrida joylashgan AMC Royal hotel mehmonxonasini 48 soatga yopishga qaror qilganini xabar qilgan.

Biroq, keyinroq ma'lum bo'lishicha, prokuratura buyrug'i bilan mehmonxona sanitariya xavfsizligi me'yorlarini buzgani uchun noma'lum muddatga yopilgan va yaqin kelajakda ochilishi dargumon.

«Prokuratura “At-Tayarin” mehmonxonasi sifatida ham tanilgan AMC Royal mehmonxonasida tergovni allaqachon boshlagan», – deya tushuntirgan Turizm palatalari federatsiyasi. Mehmonxonaga jarimalardan tashqari litsenziyani bekor qilish va to'liq yopilish xavfi ham bor».

Ammo Qizil dengizda dam olish uchun talab keskin oshgan. Turoperatorlarga ko'ra, noyabr oyi uchun Xurgada va Sharm al-Shayxda deyarli hamma joylar band qilingan.

TASS