Sankt-Peterburgda qidiruvda bo'lgan o'zbek ayoli qo'lga olindi

0

Sankt-Peterburgda qariyb 1 million rublni o'g'irlagani uchun qidiruvda bo'lgan 55 yoshli O'zbekiston fuqarosi qo'lga olindi.

Ayol yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.

Bu haqda «78.ru» axborot sayti xabar berdi.

Aniqlanishicha, u 2018 yil avgust oyida uyda bo'lgan vaqtida dugonasiga uyni rasmiylashtirib berishni va'da qilib, undan 13,5 ming dollar (900 ming rubl) pulini olgan, biroq va'dasini bajarmay, pullarni o'zlashtirib, sarflab yuborgan.

Ayol huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan hibsga olingan. Qidiruv tashabbuskoriga esa shu vaqtning o'zida dugonasining qo'lga olingani haqida ma'lum qilingan.

loading...