«Tez yordamga» qo'ng'roqlar soni oshdi

0

So'nggi 2 kun davomida O'zbekistonning ayrim hududlarida kuzatilayotgan chang bo'ronlari tufayli “Tez yordam” xizmatiga 678 kishi murojaat qildi.

 

Xususan, 3 noyabr kuni “Tez yordam” xizmatiga bo'lgan jami chaqiriqlar soni 3433 tani tashkil etgan bo'lsa, kecha esa bu ko'rsatkich 4082 taga yetdi. Shundan 678 tasi bevosita nafas siqishi bilan bog'liq murojaatlardir, dedi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Doniyor Bo'ribayev.

 

Shuningdek, SSV allergiyasi va astma kasalligi bor fuqarolarga ushbu ob-havo sharoitida ayniqsa ehtiyot bo'lishni tavsiya qilgan edi. Undan tashqari fuqarolarga zarurat bo'lmaganda ko'chaga chiqmaslik va har doir himoya niqobi taqib yurish tavsiya etilgan.

 

Gidrometerologiya xizmati xabariga ko'ra, kuchli shamollar tufayli oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko'tarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan me'yordan 5 barobar oshdi.