Dilfuza Ismoilovaga tahdid qilayotgan fuqaroga qanday chora ko'riladi? IIV ma'lumot berdi

0

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Dilfuza Ismoilovaga nisbatan fuqaro Mirsaid Haydarov tomonidan tahdid bo'layotganligi to'g'risida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan IIV Axborot xizmati rahbari Sh.K.G'iyosov ma'lumot berdi.

Mazkur holat Toshkent shahar IIBB Xotin-qizlar masalalari bo'limi tomonidan nazoratga olingan bo'lib,  hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

Holat to'liq o'rganilib, vaziyatga huquqiy baho beriladi hamda jamoatchilikka qo'shimcha ravishda ma'lumot taqdim etiladi.