“Ipak yo'lida” filmi xalqaro kinofestivalda g'olib bo'ldi

0

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ipak yo'lida” qisqa metrajli filmi joriy yilning 1-11 noyabr kunlari AQShning Los-Anjeles shahrida o'tkazilgan AWFF-2021 («Asian World Film Festival») xalqaro kinofestivalida “Osiyoning eng yaxshi qisqa metrajli filmi” nominatsiyasi bo'yicha g'olib bo'ldi.

Mazkur kinokartina “Ipak yo'li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida suratga olingan. Kinofestivalning bosh sovrini «Gran-Pri» hamda «Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida g'oliblikni qo'lga kiritgan.

Ssenariy muallifi Shohjahon Subhonov, postanovkachi rejissyor Sherzod Nazarov, postanovkachi operator, Diyor Ismatov, rassom Erkin Hushmatov, badiiy rahbar Ali Hamroyev.

Kinofestival 2015 yildan buyon har yili AQShda o'tkazilib kelinadi. Unda Osiyo mintaqasining eng sara filmlari ishtirok etadi.