Deputat ayol haqida tarqalgan behayo video bo'yicha tafsilotlar ma'lum qilindi

0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati deputati bo'lgan ayolning behayo tasvirlar aks etgan videosi tarqalgani bo'yicha turli muhokamalar paydo byuo'lmoqda. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB Axborrot xizmati ma'lumot berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, Bo'stonliq tumani “Xumson” mahallasida yashovchi fuqaro viloyat IIBBga ariza bilan murojaat qilib, “Sarvar” va “Bahrom” ismli shaxslar tuman “Chorbog' go'zal bog'i” jamiyati hududida joylashgan dala hovlilarda ishratxona tashkil qilib, kunlik ijaraga berishini va u yerda shaxslarni jinsiy aloqa qilishlari uchun shart-sharoit yaratilgani, tuni bilan ayrim axloqi buzuq shaxslar aholi tinchligini buzayotgani va bu nafaqat kattalar balki yoshlarga ham salbiy ta'sir qilayotganini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

 

Ushbu murojaatga asosan joriy yilning 2 oktyabr kuni IIBB tezkor xodimlari tomonidan o'tkazilgan tekshiruv davomida, murojaatda ko'rsatilgan dala hovli ko'zdan kechirilgan. O'sha vaqtda ham xonadonda ikki nafar ayol, ikki nafar erkak kishilar borligi, ulardan, fuqaro F.B. (ayol) va D.Sh. (erkak) jinsiy aloqada bo'layotganligi aniqlangan.

 

Ular bilan o'tkazilgan suhbat davomida alkogol mahsulotlar iste'mol qilishganligi va ishqiy munosabatda bo'lish maqsadida kelganliklarini ma'lum qilganlar.

 

Hozirda mazkur jarayon aks etgan video tasvirning ijtimoiy tarmoqlardagi o'zaro yozishmalar orqali tarqalganligi holati yuzasidan qo'shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Shu o'rinda qayd etish joiz, bu kabi odob-axloq bilan bog'liq qonun buzilishi holatlariga qarshi viloyat IIBB tomonidan muntazam ravishda tezkor profilaktik tadbirlar o'tkazib boriladi.

 

Jumladan, joriy yilning o'tgan 10 oyi davomida Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan, Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo'shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan bog'liq – 100 ga yaqin, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 190-moddasi bo'yicha 50 dan oshiq holatlar aniqlanib qonunda belgilangan tartibda chora ko'rilgan.

 

Bugungi kunda ham viloyat bo'ylab tezkor-profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.