Yurakka stent qo'ygandan keyin nimalarga e'tibor berish kerak?

0

-Stentlash amaliyoti o'tkazilgandan keyin ham yurak ishemik kasalligini davolashda ishlatiladigan dori vositalarini doimiy iste'mol qilish kerak bo'ladi.

-Stentlashdan keyin bir oy mobaynida sport bilan shug'ullanish mumkin emas, lekin yengil mashqlar bajarish mumkin. Muntazam jismoniy faollik ateroskleroz rivojlanishini sekinlashtiradi, yurak muskullarini chiniqtiradi, arterial qon bosimini me'yorlashishiga yordam beradi. Shuning uchun bu jarrohlik muolajasini o'tkazgan bemorlar haftada kamida 4-5 marta jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishlari kerak.

-Ratsionda hayvon yog'lari, uglevod mahsulotlari, shirinliklar va tuz kamroq bo'lishi kerak. Kofe va kofein saqlovchi boshqa mahsulotlarni cheklash zarur.
Aksincha o'simlik yog'lari, meva va sabzavotlar, baliq mahsulotlarini ko'proq iste'mol qilish kasallik qaytalanishining oldini oladi.

SoglomHayot