Toshkentda pirotexnika vositalarini noqonuniy olib ketayotgan shaxslar aniqlandi

0

2021 yil 17 noyabr kuni soat 23:20 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi M.Sharipov tomonidan Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan, haydovchi, 1980 yilda tug'ilgan A.M. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtomobil to'htatilib xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil yukxonasidan 2 dona qutilarga solingan, jami 236 dona xar-xil turdagi pirotexnika vositalari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi A.M. va aniqlangan vositalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

loading...