Denovda qidiruvdagi fuqaro ushlandi

0

2021 yil sentyabr oyida Surxondaryo viloyati Denov tumanida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan fuqaro ushlandi.

Bu haqda viloyat IIB ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro viloyat IIB Probatsiyaya bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan.

D.Nodir (ism sharif o'zgartirilgan) shaxs  2 noyabr kuni viloyat IIB Post-patrul xizmati bataloni xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.

Ehtiyot chorasi sifatida «qamoq» qo'llanilgan.