Mumbay politsiyasi tirbandlikda doimiy signal chaluvchilarga qarshi qiziqarli usulni o'ylab topdi

0

Mumbay politsiyasi tirbandlikda doimiy signal chaluvchilarga qarshi qiziqarli usulni o'ylab topdi.

Svetoforlarda tovush o'lchagichlar o'rnatildi. Signal ovozi 70-80 dB.dan oshganda, qizil chiroq yongan soniyalar yana nolga qaytadi va tabloda: «Signal chalishda davom etaver. Qancha ko'p signal chalsang, shuncha kutib turasan» degan xabar paydo bo'ladi.

Signal chalgan sabrsiz haydovchilar svetoforda uzoqroq turishga majbur bo'lishadi va jarayon cheksiz davom etishi mumkin.

«Jazolovchi svetoforlar» tufayli Mumbay ko'chalarida shovqin darajasi haqiqatan ham pasaygan.

RBK