Qo'ng'irotda Cobalt va «Gaz 53» to'qnashishi natijasida mashinalarning biri yonib ketdi

0

Holat yuzasidan Qo'ng'irot tumani hokimligi rasmiy ma'lumot berdi. Unda aytilishicha, voqea 23 noyabr kuni soat 14:00-15:00 oralig'ida yuz bergan.

Qo'ng'irot-Mo'ynoq yo'lining 1 km qismida «Cobalt» «Gaz 53» mashinasi bilan to'qnashib ketgan. Natijada «Gaz 53» avtomobilida yong'in yuzaga kelgan. Yong'in oqibatida «Gaz 53″ning salon qismi va oldingi ikki g'ildiragi butunlay yonib ketgan.

Qo'shimcha qilinishicha, YTH natijasida hech kimga tan-jarohati yetmagan.

Bir necha kun oldin Qorao'zak tumanidagi metan «zapravka»da turgan «Matiz»ning gaz balloni portlab ketgandi