O'zbekistonda havo harorati +17 darajagacha ko'tariladi

0

O'zbekistonda iliq ob-havo saqlanib qoladi. Bu haqda O'zgidromet xabar qildi.

Sinoptiklar ertaga, 24 noyabr kuni O'zbekistonda kunduzgi harorat +14… +17 darajagacha ko'tarilishini ma'lum qildi. Tunda esa Respublika bo'ylab harorat +7… +9 daraja bo'ladi.

Ertangi kun yog'ingarchiliksiz o'tishi mumkinligi aytilmoqda. Shamol tezligi 7-12 m/s.ga yetadi.

loading...