216,9 mln so'mlik ko'mir kamomadiga yo'l qo'yilganligi aniqlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xatirchi tuman bo'limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazilgan.
03.11.2021 yil holatiga “Ko'mirta'minot” MChJning Xatirchi ko'mir omborida ko'mir mahsulotini qoldig'ini aniqlash yuzasidan o'tkazilgan marksheyderlik o'lchovida, ombor mudiri A.A. va boshqalar tuman aholisi uchun imtiyozli narxlarda sotilishi lozim bo'lgan o'zlarining moddiy javobgarligidagi 216,9 mln so'mlik “BR” markali 722,4 tonna ko'mir kamomadiga yo'l qo'yganliklari aniqlangan.

Xabarga  ko'ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...