Bolgariyada sayyohlik avtobusi halokatga uchrab, 45 kishi halok bo'ldi

0

Bolgariyada katta avtobus yo'l-transport hodisasigaga uchradi. Buning oqibatida 53 yo'lovchidan 46 nafari halok bo'lgan.

Halok bo'lganlarning 12 nafari voyaga yetmaganlar bo'lgan. Ularning barchasi Shimoliy Makedoniya fuqarolari ekanligi ma'lum qilindi.

RIA Novosti ma'lumotiga ko'ra, Shimoliy Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayev Tashqi ishlar vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi rahbarlari bilan Sofiyaga keldi va Shimoliy Makedoniyadan tegishli mutaxassislar guruhi Bolgariyaga yuborilgani haqida ma'lum qildi. Zayevning so'zlariga ko'ra, avtobusning deyarli barcha yo'lovchilari Shimoliy Makedoniya fuqarolari, bir nafari Serbiya fuqarosi va yana biri Belgiya fuqarosi bo'lgan.

Omon qolganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgan, ularning ahvoli barqaror.

Shimoliy Makedoniya Tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan inqiroz shtabini tashkil etdi. Halok bo'lganlar va jarohatlanganlarning yaqinlari uchun ishonch telefonlari ishlay boshladi.

Hodisa sabablari esa hozircha aniqlanmagan. Avtohalokat sayyohlar avtobusi Istanbuldan Shimoliy Makedoniyaga qaytayotganda yuz bergan.

Bolgariya rasmiylari hodisaning turli sabablarini ko'rib chiqmoqda. Aytilishicha, hodisaga haydovchi rulda uxlab qolgani yoki texnik nosozlik sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Taxminlarga ko'ra, hodisa yuz bergan kuni yog'ingarchilik kuzatilgani ham avariyaga sabab bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, versiyalardan birida voqeadan oldin avtobusda yong'in chiqqan bo'lishi mumkinligi aytildi.

ria.ru