Husnora Shodiyeva yangi mashina sotib oldi — video

0

U bu haqda Instagram sahifasida xabar qildi
Teleboshlovchi, xonanda Husnora Shodiyeva Instagram sahifasida yangi mashina sotib olganini ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, teleboshlovchi narxi 400 million so'm bo'lgan «Chevrolet Equinox» sotib olgan. Shuningdek, Xudo tomonidan sevilgan inson ekanini va buni har doim his qilishini ta'kidladi.

«Alloh taola bizga amalga oshira olmaydigan orzuimizni yubormaydi. Agar sizning orzuingiz fikringizda paydo bo'lgan bo'lsa, demak u haqiqat. Atrofdagi gap-so'zlarga quloq solishning hojati yo'q. Ular sizning barcha orzularingiz mutlaqo bema'nilik ekanligini takrorlaydi. Aslida unday emas. Men sizga o'z misolim bilan yana bir bor isbotlamoqchiman. Men Xusnora Shadiyeva 28 yoshdaman va men qila olaman. Shunda siz buni bajara olasiz. Men ajoyib hayotimda sodir bo'layotgan barcha mo''jizalar uchun juda minnatdorman. Men Xudo tomonidan sevilganman va men buni har doim his qilganman. Ura», — deydi u.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Husnora Shodiyeva binafsharang kiprik ektirgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Husnora Shodiyeva Turkiyada samolyotdan qolib ketgani haqida ma'lum qilgandi. Shu bilan birga, u tug'ilgan kunida parashyutdan sakragandi.

loading...