Lavlagiga tuzlangan bodring qo'shib ajoyib salat tayyorlaymiz

0

Engil hazm bo'ladigan mazali salat reseptini e'tiboringizga havola qilamiz.

Kerakli mahsulotlar:

mol go'shti — 250-300 g;
lavlagi — 1-2 dona;
tuxum — 3 dona;
tuzlangan bodring — 2 dona;
pishloq — 120 g;
mayonez.
Tayyorlanish jarayoni

Qaynatilgan mol go'shtini uncha katta bo'lmagan bo'laklarga bo'lib chiqing.
Lavlagini folga qog'oziga o'rab, 180 daraja qizigan pechda 45-60 daqiqa davomida pishiring.
Pishganidan keyin qirg'ichdan chiqaring.
Qaynatilgan tuxumni ham qirg'ichdan chiqaring.
Bodringni o'rtacha kattalikda to'g'rang, pishloqni qirg'ichdan chiqaring.
Tarelkaga go'sht, bodring, tuxum, pishloq va lavlagini ustma-ust qilib taxlang.
Ustini mayonez bilan bezab, 2-3 soatga sovitkichga qo'ying.