Liviyada prezidentlik uchun 98 kishi da'vogarlik qilmoqda

0

Liviyada dekabr oyida o'tkaziladigan saylovda 98 nomzod prezidentlik uchun kurash olib bormoqchi. Bu haqda Liviya Oliy saylov komissiyasi a'zosi Abdulkarim Bilxayr “Anadolu” agentligiga ma'lum qildi.

Uning aytishicha, prezident saylovlarida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish 22 noyabr, dushanba kuni yakunlangan. “Jami 98 ta ariza ma'qullandi”, – dedi Bilxayr.

Nomzodlar orasida Milliy birdamlik hukumati bosh vaziri Abdulhamid Dibayba, mamlakatning sobiq rahbari Muammar Qazzofiyning o'g'li Sayfulislom Qazzofiy va mamlakat sharqidagi qurolli guruhlar yetakchisi Xalifa Haftar bor.

Avvalroq Qazzofiy va Xaftar nomzodlarining ko'rsatilishi Tripolida noroziliklarga sabab bo'lgan edi.

Eslatib o'tamiz, Liviyada prezident saylovi 24 dekabr kuni bo'lib o'tadi.