Moskvada mehnat migrantlari uchun patent narxi oshadi

0

2022 yildan boshlab Moskvada mehnat bozorining hududiy xususiyatlarini aks ettiruvchi koeffitsient oshadi, bu koeffitsient asosida chet el fuqarolarining mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi patent narxi hisoblab chiqiladi, dedi Moskva hukumati vaziri, shahar iqtisodiy siyosat boshqarmasi boshlig'i Kirill Purtov.

Moskvada 2022 yilda mehnat migrantlari uchun patent narxi oshadi: oyiga 5341 rubldan 5900 rublgacha ko'tariladi.

“Qabul qilingan qonunga muvofiq, 2022 yilda mehnat bozorining hududiy xususiyatlarini aks ettiruvchi koeffitsient 2,3878 dan 2,4832 gacha oshiriladi. Bu patent narxini oyiga 5900 rublgacha oshiradi. Oldingi narx 5 341 rubl 2020 yilda belgilangan bo'lib, bu yilda o'zgarmadi», – dedi Purtov.

mk.ru

 

loading...