Qashqadaryoda erkak xotinining xushtori tomonidan o'lldirildi

0

Shu yil 25 martdan 26 martga o'tar kechasi Shahrisabzda tadbirkor o'ldirib ketildi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

Ma'lum bo'lishicha, erkakka 44 marta pichoq urilgan. Marhum shuning natijasida halok bo'lgan. Ta'kidlanishicha, marhum xotinining boshqa erkak bilan ishqiy munosabatda bo'lib yurganini bilib qolgan. Shundan so'ng ular o'rtasida janjal yuzaga kelgan. Ayol ushbu hodisadan keyin erining pullariga ega chiqib, qochib ketishni rejalashtirgan. Buning uchun xushtorini ishga solgan.

Ana shunday kunlarning birida erkak sheriklari bilan kelib, o'ynashining erining uyiga bostirib borgan va unga 44 marta pichoq urib, shafqatsizlarcha o'ldirgan. Bosqinchilar seyfdagi 850 mln so'mni olib qochib ketgan. Olib borilgan tadbirlar davomida ishda gumon qilinganlarning barchasi ushlangan.

Sud qaroriga ko'ra ayolga 13 yil 4 oyga ozodlikdan cheklash, uning xushtoriga 20 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, ish doirasida yana bir fuqaroga 21 yil 6 oy va ikki nafar kishiga 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

loading...