Sayyoramizning eng keksa odami hayotdan ko'z yumdi

0

Sayyoramizning eng keksa odami Fransiska Susano 124 yoshida hayotdan ko'z yumdi.

Uzoq umr ko'ruvchi dushanbaga o'tar kechasi vafot etgan. Bu haqda Kabankalan shahar ma'muriyati Facebook orqali xabar berdi.

«Sevimli Fransiska Susano vafot etgani haqidagi xabarni yuragimizda qayg'u bilan qabul qildik. U hamisha bizning ilhomimiz va faxrimiz bo'lib qoladi», — deyiladi xabarda.
O'lim sababi aniqlanmagan. Mahalliy sog'liqni saqlash boshqarmasi pensionerda virusli kasallik alomatlari yo'qligini ma'lum qildi.

Shahar ma'muriyatining ta'kidlashicha, marhumning sayyoradagi eng keksa odam maqomi Ginnessning rekordlar kitobi tomonidan rasman tasdiqlangan.

Filippinning Kabankalan shahrida istiqomat qilgan Susano 1897 yil 11 sentyabrda dunyo kelgandi.

O'tgan yili 122 yoshli ayolning uzoq umr sirlari bilan o'rtoqlashgani tasvirlangan videoni havola qilgandik.

loading...