O'zbek-qirg'iz chegara posti vaqtincha yopiladi

0

O'zbekiston va Qirg'iziston Respublikalari chegarasida joylashgan «Qizil-Kiya» nazorat-o'tkazish punkti 1 dekabrdan 3 dekabrgacha transport vositalari o'tishi uchun yopiq bo'ladi. Bu haqda Qirg'iziston bojxona xizmati matbuot xizmatiga asoslanib Reporter.kg xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu yerda yo'l qoplamasini ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining o'tishi vaqtincha cheklanadi.Biroq fuqarolarga noqulaylik tug'ilmasligi uchun shu kunlari avtomobillarning harakati «Dostuk-avto» posti orqali amalga oshiriladi.

«Qizil-Kiya» nazorat-o'tkazish punkti esa 4 dekabrdan boshlab normal rejimda ishlashni boshlashi ma'lum qilingan.