“Yangi O'zbekiston shifokorlari” platformasi ishga tushirildi

0

Sog'liqni saqlash vazirligining “Yangi O'zbekiston shifokorlari” platformasi tibbiyot sohasining ana shunday faol va tashabbuskor yosh vakillarini birlashtirish maqsadida yaratildi.

Yangi platforma nafaqat yurtimiz, balki dunyoning istalgan hududida yashab, mehnat qilayotgan 45 yoshgacha bo'lgan shifokor vatandoshlarimiz uchun mo'ljallangan. U orqali mamlakatimiz tibbiyoti oldida turgan dolzarb masalalar va ularning yechimlari bo'yicha yangi g'oya, taklif hamda tashabbuslar qabul qilinib, sog'liqni saqlash tizimi rivojiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada muhokama etiladi.

Shuningdek, eng yaxshi g'oya va takliflar bergan yosh shifokorlar vazirlik istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

Yangi O'zbekiston tibbiyoti rivojiga o'z hissangizni qo'shmoqchimisiz? Ilg'or g'oya va tashabbuslaringizni ro'yobga chiqarish uchun maydon kerakmi? Unda shoshiling! Biz sizni hamkorlikka chorlaymiz!

Buning uchun https://ssv.uz/uz/vacancy?vacancy_id=6287 manzili orqali ro'yxatdan o'tib, soha oldida turgan dolzarb masalalarning yechimlari bo'yicha o'z g'oya va takliflaringizni qoldiring. Ularning konfidensialligi ta'minlanadi.

Vatanga daxldorlik hissi va faol fuqarolik pozitsiyangizni ko'rsatish fursati keldi. Sog'liqni saqlash vazirligi sizning har bir g'oya va taklifingizni qadrlaydi. Imkoniyatni boy bermang!i

loading...